Yarimo'tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi


XX asrning 60-yillariga kelib jahon bo'ylab keza boshlagan elektronika sanoati inqilobining shamoli O'zbekistonda ham bir qator elektron asbobsozligiga oid zavod va korxonalar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining Toshkent, Chirchiq va boshqa shaharlarda tashkil topishi va rivojlanishi yarimo'tkazgichlar fizikasi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirish zaruratini yaratdi va bu hol ushbu soha yo'nalishlari uchun yarimo'tkazgichlar fizikasi kabi ta'lim yo'nalish-larini tamomlagan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini dolzarb qilib qo'ydi. Respublika hukumatining oliy ta'lim tizimi oldiga qo'ygan ushbu o'ta mas'ul topshirig'ini O'rta Osiyo davlat universiteti rahbariyati (hozirda O'zbekiston Milliy universiteti) o'z zimmasiga oldi va 1960 yilda fizika fakultetining nazariy fizika kafedrasi bazasida yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi ilmiy yo'nalishi va mutaxassisligining poydevoriga dastlabki “g'isht”ni ushbu kafedra va uning qoshidagi yarimo'tkazgichlar muammolari laboratoriyasi mudiri, f.-m.f.d., prof. G.M. Avakyans qo'ydi va yarimo'tkazgichlar fizikasi bo'yicha dastlabki mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Avakyans G.M. 1966 yili Armaniston FA muxbir-a'zosi etib saylandi va Armaniston hukumatining taklifi asosida YErevanga ko'chib ketdi va uning shogirdi, ushbu sohaning ilk mutaxassislaridan, dos. A.T. Teshaboev yarimo'tkazgichlar muammo-lari laboratoriyasining va ixtisoslikning rahbari etib tayinlandi va 1966-1981 yillarda bu ilmiy yo'nalish va ixtisoslikka ko'plab iqtidorli mahalliy yoshlar jalb etildi. 1960-1970 yillarda nazariy va eksperimental tadqiqot-lar quyidagi mavzular bo'yicha o'tkazildi: yarimo'tkazgich asboblarning reaktiv xossalari (G.M. Avakyans, V.I.Murigin, P.M. Karageorgiy-Alkalaev, YE.G. Zaugolnikova); diodlarda o'ta yuqori chastotali toklarn-ing o'tish xususiyatlari (A.T.Teshaboev, B.A. Atakulov, A.B. Yurovskiy, A.S. Sandler); diodlarda differensial qarshilikning paydo bo'lish shartlari (G.M.Avakyans, V.A. Sablikov, A.V. Pavlinov, Sh.Kaniyazov, Yu. Abra-myan); r-i-n strukturalarda o'ta yuqori chastotali quvvatlarning qaytaula-gichlarini yaratish muammolari (A.T.Teshaboev, R. Mamatkulov, S.YE. Kumekov, G.Dadamirzaev); yarimo'tkazgichlar asosida fotoo'zgartir-gichlar yaratish (X.T. Akramov), organik yarimo'tkazgichlar (M.A. Ma-grupov, I. Gafurov).

 Ilmiy tadqiqot ishlarining salmog'i, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati, mutaxassislar tayyorlash sohasidagi yutuqlar 1970 yili respu-blikada birinchi “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasi-ning tashkil topishiga asos bo'ldi. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri prof. A.T. Teshaboev (1970-1981 yillar) bo'ldi. 1981-1996 yillar ushbu lavozimda prof. S.Z.Zaynobidinov faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 1996 yildan hozirgi vaqtgacha prof. S.I. Vlasov mudirlik qilmoqda.

 So'nggi 10 yildan ortiq davrda kafedra professor-o'qituvchilarning tarkibi quyidagilarni tashkil etmoqda: professorlar: Vlasov S.I. (kafedra mudiri), Mamadalimov A.T. (O'zR FA akademigi), o'rindosh - professor v.b. Mamatkarimov O.O., soatbay - professor v.b. Tursunov M.N., dosentlar: Nazirov D.E. va Nasirov A.A., dosent v.b. Parchinskiy P.B., o'rindosh - dosent v.b. Daliev X.S.

Mustaqillik yillarida universitet ta'limi tizimida yangi «Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» va «Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish» magistratura yo'nalishlari ochildi va mazkur yo'nalish va mutaxassisliklarning Davlat ta'lim standartlari, namunaviy o'quv reja va dasturlari ishlab chiqildi.

 O'zbekiston Fanlar Akademiyasining «Fizika-Quyosh» IIChB fizika-texnika instituti bazasida kafedra bilan prof. S.I. Vlasov rahbarligidagi qo'shma o'quv-ilmiy markaz ochilgan va u muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda.

Kafedrada «Fizika» yo'nalishidagi bakalavriaturada “Mexanika” va “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kurslaridan, ikkita magistratura: «Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» (5A440103) va «Geliofizika va quyosh energiyasidan foydalanish» (5A440122) yo'nalishlarida 24 ta maxsus kurslar bo'yicha o'quv jarayonlari olib boriladi.

 


Akademik Fistul V.I. (Rossiya) kafedra va ilmiy maktabning mehmoni.

2003 y.


 Kafedrada aspirantura: “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizi-kasi” (01.04.10) va doktorantura: “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” (01.04.10) mavjuddir.

Kafedraning quyidagi o'quv laboratoriyalari mavjud: Yarimo'tkaz-gichlar fizikasi. Yarimo'tkazgich asboblar fizikasi. Yarimo'tkazgich mate-riallar va asboblar texnologiyasi. Yarimo'tkazgichlarning optik va foto-elektrik xossalari.

Kafedraning magistratura yo'nalishlarida o'qiladigan asosiy fanlar quyidagilardir: Yarimo'tkazgichlar fizikasi. Dielektriklar fizikasi. Yarimo'tkazgich asboblar fizikasi. Yarimo'tkazgich materiallar va as-boblar texnologiyasi. Yarimo'tkazgichlarda diffuziya hodisalari. Yarimo'tkazgichlarning fotoelektrik xossalari. Mikroelektronika asoslari. Yarimo'tkazgichlar termodinamikasi. Opto- va termoelektron asboblar. Magnitik sezgir yarimo'tkazgich asboblar. Kristallografiya. Yarimo'tkaz-gichlar parametrlarini o'lchash usullari. Yarimo'tkazgichlar sirti fizikasi. Quyosh elementlari va batareyalar. Yarimo'tkazgichlarda nuqsonlar spek-troskopiyasi. Foto- va termoo'zgartirgichlar tayyorlash texnologiyasi. Yarimo'tkazgichlarning optik xossalari.

 Yarimo'tkazgich quyosh element-larining rivojlanish istiqbollari. Ko'p qatlamli yarimo'tkazgich strukturalar. Yarimo'tkazgichlar termodinamikasi. Yarimo'tkazgich quy-osh elementlarining rivojlanish istiqbollari. Fotoo'zgartirgichlar va quy-osh elementlarining parametrlarini o'lchash usullari. Ko'p qatlamli quy-osh elementlari.

 Kafedrada va O'zMU “Legirlangan kremniy fizikasi” ilmiy maktabida ilmiy-tadqiqot ishlari ko'lamining o'sishi va yuqori samaraga erishishida, 1966-1981 yillar davomida dastlabki moddiy-bazviy va tarkibiy to'laqonli shakllanishida prof. A.T.Teshaboevning xizmati katta bo'ldi. 1965-1970 yillar kafedradan maqsadli stajirovka, aspiranturaga yuborilgan K.P.Abduraxmonov va M.K.Baxodirxonov Rossiyadagi Yarimo'tkazgichlar institutidagi (Sankt-Peterburg), jahonga mashhur olim, prof. B.I.Boltaksning “Yarimo'tkazgichlarda diffuziya hodisalari” laboratoriyasida ilmiy tadqiqotlar o'tkazib, nomzodlik dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgach, yana kafedraga qaytib, o'z atroflariga ko'plab yosh shogirdlarni va talabalarni jalb etdilar, ularga ilmiy izlanishlar olib borish sirlarini qunt bilan o'rgatdilar.

 Hurmatli ustoz va rahbar, fidoyi inson Alisher Teshaboevich esa Rossiya, Ukraina, Boltiq bo'yi, Moldova, Ozarbayjon kabi davlatlarning etakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan do'stona ilmiy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e'tibor berdi, ilmiy guruhlarni o'lchash-hisoblash asboblari, laboratoriya jihozlari va boshqalar bilan zamonaviy tarzda jihozlanishi va ta'minlanishiga, ilmiy izlanishlar va natijalarning jahon andozalari darajasida bo'lishiga astoydil jon kuydirdi.

 1966-1970 yillarda yuqorida zikr etilgan ilmiy tadqiqotchilarning asosiy va etakchi qismi respublika Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlariga, «Foton» va «Mikond» ilmiy ishlab chiqarish birlashmalariga, shuningdek viloyatlar universitetlariga ishga o'tib, mazkur ilmiy maktabning yutuq va ijobiy tajribalarini o'quv jarayoniga va amaliyotga tadbiq eta boshladilar. Ushbu davrda ilmiy maktab muhitiga yangidan qo'shilgan yosh avlodning zamonaviy ilmiy qiziqishlari asosida A.T.Teshaboev raharligida 1970-1981 yillarda faoliyati quyidagi yo'nalishlarda davom etdi: yarimo'tkazgichlarda chuqur sathli kirishmalar muammosi (K.P. Abduraxmanov, M.K. Baxodirxonov, S.Z.Zaynobidinov, E.Z. Imomov, T.S. Komilov), yarimo'tkazgichlarda fotoelektrik hodisalar, geteroo'tishli strukturalar fizikasi (X.T.Akromov, O.S. Saidxonov, B.D. Yuldashev, T.M. Rozikov, Q.Sh.Aripov), ko'p qatlamli yarimo'tkazgich asbob va strukturalardagi fizik jarayonlar (S.I. Vlasov, T.A. Umarov, Sh. Miraxmedov), dielektrik materiallarning sirtiy xossalari (YE.G. Zaugolnikova, R.A. Serfas). Shu davrda kafedrada tayyorlangan birinchi fan nomzodlari etishib chiqdi (G. Dadamirzaev, S.Z. Zaynobidinov, T.S. Kamilov, Sh.Miraxmedov, T.M. Roziqov, S.I. Vlasov).

 1981 yildan boshlab “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklarda tashqi ta'sirlardan so'nggi qoldiq samaralarini o'rganish” ilmiy mavzusi bo'yicha quyidagi yo'nalishlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi: yarimo'tkazgichlarning termik va radiasiyaviy barqarorligi, yuqori foto-, termo- va tenzosezgirlik, fotoo'tkazuvchanlikning infraqizil va temperaturaviy so'nishi (S.Z.Zaynobidinov, A.T. Teshaboev, M.K. Baxodirxonov, F.M.Talipov, X.M. Iliev, A. Xamidov, K. Azizov, X.S. Daliev, A.Abduraimov, Sh.I. Askarov, O.O. Mamatkarimov, D.E. Nazirov, V.Tulanov, T. Nazarov, M. Axmadshayxov, U. Djurabekov, O.Himmatkulov, A.R. Turaev, K. Ayupov, G.K. Azimov, X.Karimberdiev, A.A. Iminov, N. Turgunov,); yarimo'tkazgich strukturalar parametrlarining texnologiyaga bog'liqligi (S.I.Vlasov, X.T. Akromov, I.N. Karimov, A.A. Nasirov, O. Mazinov, T.Sh. Alimov, T. Adilov, P.B. Parchinskiy, G. Xalikov); noyob er elementlari vanadatlari asosidagi keramik dielektrik materiallar xossalari (YE.G. Zaugolnikova, Sh. Ibragimov, V. Safina, A. Nogay, N. Mavlyanov); kremniyda noyob er elementlarining diffuziyasi va elektrik xossalari (D.E. Nazirov).


O'quv mashg'ulotidan so'ng. 2009 yil.


Polimerlar haqidagi fan nihoyatda jadal taraqqiy etayotgan bilim doirasi bo'lib, u inson amaliy faoliyatining barcha sohalarida keng ko'lamda qo'llanilmoqda.

O'zbekistonda mahsulotlarni ishlab chiqaruvchidan qayta ishlovchiga o'tish jarayonida yangi impuls beruvchi polimerlar industriyasini rivojlantirishning ustivor yo'nalishlarini Prezidentimiz I.A. Karimov belgilab berdi. Ushbu ustivorlikka muvofiq ravishda faqatgina import o'rniga o'tuvchi yo'nalishgina emas, balki polimer mahsulotlarni eksport qilishga yo'naltirilgan strategik yo'nalishni aniqlovchi mahalliylashtirilgan dasturi joriy etildi.

 O'tgan yillar davomida kafedra O'zbekiston Respublikasining Fan va Texnika Davlat qo'mitasining fundamental granti, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi granti: «Polisaxarid efirlarining asosiy xossalarini ularning zanjiri mikrostrukturasi va relaksasiya vaqtiga bog'liqligining ilmiy asoslarini yaratish», «Tarkibida metall nanozarralari bo'lgan keramik materiallar asosida issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi tajriba namunalarini ishlab chiqarish va tashkillashtirish» hamda yosh olimlarga beriladigan «Polimerlar relaksasiya vaqtini impulsli YaMR spektroskopiya yordamida o'rganish» granti sovrindori bo'ldi.

 Kafedra professor-o'qituvchilari polimerlar fani sohasida o'tkazilayotgan xalqaro anjumanlarda o'z ma'ruzalari bilan faol qatnashmoqdalar.

 Kafedra magistrantlari darslardan bo'sh vaqtlarida O'zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutidagi mavjud grantlar bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Hozirda Polimerlar fizikasi kafedrasida faoliyat ko'rsatayotgan dosentlar M.A. Karabaeva, A.G'. Daminov, R.M. Abdullaev, T.Sh. Alimovlar talabalarga yuqori saviyada dars berib kelmoqdalar. Ular tomonidan 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar chop ettirilgan.

 

Dos. R.M. Abdullaev 1-kurs talabalari bilan molekulyar fizikadan laboratoriya mashg'uloti natijalarini tahlil qilmoqda

Kafedra professor–o'qituvchilari o'quv ishlari bilan birgalikda ilmiy yo'nalishda ham katta tadqiqotlarni bajarib kelmoqdalar. M.A. Karabaeva rahbarlik qilayotgan «Tarkibida metall nanozarralari bo'lgan keramik materiallar asosida issiqlik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi tajriba namunalarini ishlab chiqarish va tashkillashtirish» grantining ilmiy ishlarida talabalar ham faol qatnashib kelmoqdalar.

 Grantda ishtirok etayotgan kafedra xodimlari tomonidan tarkibida (Fe, Ni) metall nanozarralari bo'lgan keramik moddalarni olish texnologiyasi ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Kompozit moddalarning termo EYuK kritik holatlari tekshirilib, ularni energiya manbalarining tashkil etuvchi elementlari sifatida ishlatish mumkinligi ko'rsatildi. Aniq elektrofizik xossalarga ega bo'lgan bir jinsli va nobirjins moddalar haqida ma'lumot beruvchi bir qator fundamental natijalar olindi.

 Kafedra professor-o'qituvchilari xorijiy mamlakatlarda ilmiy safarda bo'lganlarida polimerlar fani sohasidagi xorijiy o'quv-ilmiy markazlarning olimlari bilan suhbatda bo'lib, ularda olib borilayotgan o'quv, ilmiy izlanishlar bilan tanishib, fikr almashib kelmoqdalar. Jumladan, Moskva Davlat Universitetining Fizika fakultetidagi Polimerlar fizikasi kafedrasi mudiri, Rossiya FA ning akademigi A.R. Xoxlov bilan ilmiy, o'quv jarayonlarda fikr almashinib, ikkala kafedralar o'rtasida aloqa o'rnatildi. Shunga muvofiq, kafedra mudiri S.Sh. Rashidova MDU kafedrasida o'qilayotgan ba'zi maxsus fanlarni O'zMU kafedrasida o'qitishni joriy etdi.

 O'quv-ilmiy markaz Misr Arab Davlati Polimerlar jamiyati bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib borish to'g'risida shartnoma tuzgan. Rossiya FA neft-kimyo sintezi institutining «Polimerlar reologiyasi» laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda tabiiy polimerlarning gidrodinamikasini o'rganish sohasida izlanishlar olib borilmoqda.