Xotin-qizlar qo'mitasi

Fakultetimiz ayollarining jamiyatdagi o'rni

 

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti  va ma'naviy muhitning barqarorligi, yosh avlod kamoloti hamda mamlakat rivoji ayollarga bo'lgan munosabat bilan baholanadi. Ayol nafaqat ona sifatida, balki mo'tabar kasblar sohibasi sifatida ham doimo ardoqlanadi. Oilani kichik bir jamiyat  sifatida olib qarasak, uning boshqaruvchisi erkak bo'lsa, yo'naltiruvchi kuch ayol hisoblanadi.

 

 

Talabalar turar joyidagi uchrashuvidan lavha

 

Fakulьtetimizda ham  shunday munis ayollar faoliyat ko'rsatib kelmoqdalar. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, Respublika Ombudsmani S.Sh. Rashidova hamda dotsentlar M.A.Karabaeva, M.A.Zohidova, Z.Fathullaeva, A.A.Ayvazova, Sh.E.Muxamedxanova, D.Begmatova, K.T.Mirtojieva shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, bir qator ayollarimiz o'quv va ilmiy jarayonda faoliyat olib bormoqdalar. Ular talabalarga bilim berish bilan birga  ular o'rtasida tarbiya, kasbga muhabbat, ajdodlarga ehtirom va sodig’lik, burch, halollik, fidoiylik, shijoat, tashabbus kabi tuyg’ularni yanada teranroq tushuntirib kelmoqda.

            Fakultet Xotin-qizlar qo'mitasi Universitet Xotin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda fakultet hususiyatidan kelib chiqqan holda  maxsus reja asosida ish olib bormoqda. Fakultet ayollari va qizlari universitet va fakultet miqyosda o'tkazilayotgan  juda ko'p tadbirlarda faol ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallab kelmoqda. Fakultet a'lochi va jamoatchi talabalari orasida qizlar ham  ko'pchilikni tashkil etadi. Ular orasida nomdor stipendiyalar sohibalari borligi taqsinga loyiq.

            Har bir insonda iste'dod, mehnatsevarlik, qobiliyat bo'ladi. Ana shunday iste'dod sohibalarini topish ularga iqtidorini namoyon qilish va kengaytirishga imkon, shart-sharoitlar yaratish lozim. Fakultetda iste'dodni amalga oshirish uchun imkoniyat ham, yoshlarning intilishini qo'llab-quvvatlovchi, rahbatlantiruvchi  ijtimoiy muhit-o'z kasbining fidoiylari, ilm chashmasining ustunlari mavjuddirkim bu talabalarni bilimli, etuk mutahasssis va albatta baxtli bo'lishlariga zamin yaratadi.