Test topshiriladigan fanlar

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yo‘nalishlariga test sinovlari topshiriladigan fanlar ro‘yxati

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va test bo‘yicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abiturientlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.

Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni o‘z ichiga oladi.

Majmualar quyidagi fanlar bo‘yicha shakllanadi:

1. Ona tili va adabiyoti

2. Rus tili va adabiyoti (rus guruhlarda)

3. Qoraqalpoq tili va adabiyoti (qoraqalpoq guruhlarda)

4. Matematika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

5. Fizika (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

6. Kimyo (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

7. Biologiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

8. Tarix (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

9. Geografiya (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida)

10. Ingliz tili

11. Nemis tili

12. Frantsuz tili

Abiturient chet tillar sifatida ingliz, nemis, frantsuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi. Abiturient o‘qigan chet tilidan qat’iy nazar, xohlagan (ingliz, nemis, frantsuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.

wwww.dtm.uz