Talabalar turar joyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 619 yilligi munosabati bilan davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida kafedra mudiri prof. S.N. Nuritdinov, dots. R.F. Ziyaxanov, dots. A.S. Xodjaev, dots. I.U. Tadjibaev, kat.il.iz. D. Sitdikov, ass. F.A. Zakirova hamda ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movini G’. Eshonqulovlar ishtirok etishdi.

Kafedra mudiri  prof. S.N. Nuritdinov so'zga chiqib Mirzo Ulug’bekning ilmiy faoliyati haqida gapirib o'tdi.

Dots. R.F. Ziyaxanov Mirzo Ulug’bekning “Ziji jadidi Ko'ragoniy” asarining ilmiy ahamiyati hamda Ulug’bek rasadxonasida olib borilgan izlanishlar va uni tadqiq qilishdagi muammolar haqida ma'ruza qildi. Xususan, Ulug’bekning siymosi, rasadxonada qo'llanilgan “Bosh teleskop” hamda, boshqa asboblar haqida, rasadxonaning tashqi ko'rinishi haqida so'z yuritildi. Rasadxonadagi “Bosh teleskop” kvadrant yoki sekstant ekanligi hanuzgacha noma'lumligi, rasadxonada “Bosh teleskop”, armillyar sferalar va asrolyabiyadan tashqari yana qandaydir asboblar mavjudligi noaniq bo'lib qolayotganligini va bu bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilayotganligini ta'kidladi.  

Shuningdek, kafedrada professor-o'qituvchilari tomonidan  olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, qo'lga kiritligan natijalar haqida talabalarga batafsil bayon qilindi va davra suhbati davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Uchrashuv so'nggida kafedrada an'anaga aylanib qolgan bahorgi tengkunlikka bag’ishlab o'tkazilgan tanlov natijalari e'lon qilindi va unda g’olib bo'lgan  4-kurs talabasi M.Tursunpo'latova va  2-kurs talabasi F.Turotovlarga mukofot topshirildi.