Talabalar turar joyida “Kondensirlangan holatlar va nano-materialshunoslik” mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

Fizika fakulteti Yarimo'tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi 4 talabalar turar joyida 2013 yil 25 fevral kuni “Kondensirlangan holatlar va nano-materialshunoslik” mavzusida davra suhbati o'tkazdi. Unda Yarimo'tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi professori A.Xolmo'minov talabalarga Kondensirlangan muhitlar va nanomaterialshunoslik mavzusida ma'ruza qildi. 

A.Xolmo'minov o'z ma'ruzasida kondensirlangan muhitlar, ularning xossalari va xususiyatlari, polimer moddalar uchun nanoo'lcham tushunchasi va nanomaterialshunoslik asoslari to'g’risida ma'lumotlar berdi. Shuningdek, fakultetning Yarimo'tkazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi hamda O'zFA Polimerlar fizikasi va kimyosi ilmiy tekshirish institutida yangi polimer moddalar olish, ularning xossalarini tadqiq qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, olingan moddalarning sanoatda, farmakologiyada va ilmiy tadqiqot ishlarida qo'llanilishi to'g’risida to'xtaldi. Shuningdek, elektrospining metodi bo'yicha nanotolalar olish mexnizimi yaratilganligi va bu nanotalalarning xossalarini, tarkibi hamda tuzilishi, afzalliklarini tushuntirib berdi. Nanomateriallarning buguni va kelajakdagi qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar berildi. Respublikamizdagi yirik sanoat ishlab chiqarish korxonasi Sho'rtangazkimyo majmuasida polimerlar olish bo'yicha kafedra olimlarining hamkorlik ishlari talabalarda katta qiziqish uyg’otdi. Talabalardan B.Madrahimov, A.Temirxanova, E.Kosbergenov, B.Turopov, R.Qo'zieva va Sh.Tojimamatovlar tomonidan berilgan savollarga to'liq javob berildi. Shuningdek, yig’ilish so'ngida ushbu sohaga qiziqqan talabalar bilan hamkorlikda ishlash bo'yicha takliflar olindi.