Kasaba uyushmasi

“KASABA UYUSHMASI”  MЕHNATKASHLAR

HIMOYASI YO'LIDA

O'zbekistonning asosiy  Qonuni-Konstituciya  fuqarolarning  kasaba uyushmalariga  birlashish  huquqini  belgilab  berdi. Ular  hodimlarning  ijtimoiy - iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifoda etadi hamda himoya qiladi. Bu kasaba uyushmasining jamiyatdagi  huquqiy maqomining negizi hisoblanadi. O'zbekiston  ta'lim va fan hodimlari kasaba uyushmasi tarkibidagi O'zMU fizika fakultet  kasaba uyushmasi fakulteti professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarni  birlashtirgan  nodavlat  tashkilot  sifatida  kasaba  uyushmasi  a'zolarining  mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy,  ma'naviy inteletual va huquq  manfaatlarini muhofaza qilish  maqsadida tashkil qilingan.

O'z faoliyati davomida bu tashkilotga dotsentlar  G.A.Kacheshkov, A.U. Nazarov, A.A. Adilov, K.T. Teshaboev, D.A. Galinov, X.M. Sattorov, Sh.A. Adilov  va M.A.Zohidova  boshchilik  qildilar.

Fakultet kasaba uyushmasi o'zining  asosiy vazifalarini, ya'ni: a'zolarning adolatli  mehnat sharoitida  ishlash, ishsizlikdan himoya qilishga doir  konstitutsiyaviy huquqlarini  himoya qilish, mehnatga  haq to'lash  va mehnat tartibining  ijtimoiy adolatli  tizimini joriy etishga a'zolarning ma'naviy va ma'rifiy  savodini oshirish,  bo'sh vaqtlarini  va dam olishlarini  mazmunli  tashkil qilish  ta'lim va fan sohasida rivojlanish darajasiga  ko'ra hodimlar malakasining oshirilishiga  va attestaciyadan  o'tishlariga ko'maklashish, hodimlar va ularning oila a'zolarining  sog’lomlashtirish. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishiga ko'maklashish borasidagi chora-tadbirlarni samarali  ravishda amalga oshirib bordi

Kasaba uyushmasi faollari

 

 

 

Hozirgi kunda fakulьtet  kasaba uyushmasi  o'z safiga  60 ta professor-o'qituvchi, 78 ta xodim  va 400 ta  talabani biriktirgan  uyushmada yillar davomida qabul qilingan  davlat dasturlarini bajarish bo'yicha, masalan, ohirigi yillardagi  “Sihat- salomatlik ” yili, “Homiylar va shifokorlar ” yili,  “Ijtimoiy himoya”,  “Yoshlar yili”, “Qishloq  taraqqiyoti va farovonligi” yili dasturlari bo'yicha chora-tadbirlar  ishlab chiqilgan va ularni amalga oshirish maqsadida faoliyat olib borilmoqda.