Kamolot YoIH

FIZIKA FAKULTЕTI «KAMOLOT» YOSHLAR IJTIMOIY

XARAKATI BOSHLANG’ICH BO'LIMI

 

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so'ng Prezident I.A. Karimov tomonidan yoshlar masalasiga katta e'tibor qaratildi. Buning natijasida 1991 yil 21 noyabrda «O'zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g’risida» gi qonun qabul qilindi.

2001 yil 25 aprelda tashkil qilingan O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati yoshlar manfaatlarini har tomonlama himoya qiladigan, yoshlarni sog’lom turmush tarzi asolarida harakatga keltiradigan tashkilot sifatida maydonga chiqdi. Ayni shu yili may oyida universitetda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti va uning fizika fakulьteti bo'limi tashkil qilindi.

 

 

Fizika fakulteti «Kamolot» YIH bo'limi faollari

 

Hozirda ushbu bo'lim 400 dan ortiq yoshlarni birlashtirgan bo'lib, asosiy vazifasi talabalar huquqlarini har tomonlama himoya qilish, ularning taklif va istaklarini o'rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlariga ko'maklashish, o'qishdan bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish va talabaning ma'nan etuk inson bo'lishi va har tomonlama barkamol bo'lib etishishi uchun moddiy, ma'naviy qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda Universitet «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti va fakultet rahbariyati doimiy ko'makchi bo'lib, fakultet bo'limi uchun alohida xona va turli tadbirlar uchun orgtehnika ajratilgan.

Bugungi kunda fakultet «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bo'limida 8 sektor bo'lib, uni fakultetning faol va etakchi talabalari boshqaradi. Ular o'z oldilariga quyilgan asosiy vazifalarni amalga oshirishda talabalarga yaqindan yordam berib, turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkillashtirib sof ma'nodagi yetakchi ekanliklarini ko'rsatib kelmoqdalar.

 

 

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini G’.B.Eshonqulov faol

talabalar bilan davra suhbatini o'tkazmoqda.

 

Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida fakultet bo'limi a'zolari bir qator yutuqlarga erishdilar. Jumladan, so'nggi yillarda talabalar o'rtasida o'tkazilgan KVN musobaqalari sovrindori (2006-2008 y.), Eng namunali talabalar turar joyi ko'rik tanlovi g’olibi (2006 y.), har yili o'tkaziladigan Navro'z bayramida tashkillashtiriladigan sport va turli tanlovlar g’oliblari, bir qator talabalarmiz universiada talabalar sport o'yinlari ishtirokchisi va sovrindori (2004, 2007 y.) bo'lish bilan birga fakulьtet talabalari bir necha yillardan beri Respublika fan olimpiadalari ishtirokchisi hamda g’oliblari bo'lib kelmoqda. Shuningdek, so'nggi yillarda fakultetning iqtidorli talabalari bevosita «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bo'limi tavsiyasiga ko'ra Kelajak ovozi, Forum fondi va Kamolot Markaziy Kengashi stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etib g’oliblikka erishmoqdalar. Bularga A. Murodov, I. Shoymardonov, H. Mamirov, U. Po'latov, V. Terentьev va boshqalarni keltirish mumkin. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, universitet 90 yilligi munosabati bilan Prezident I.A. Karimov farmonlariga ko'ra fakultet talabasi E. Karimboev “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Talabalar o'rtasida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati bo'limi faoliyatini yanada kengroq targ’ib etish, talabalar faolligini oshirish va ular manfaatlarini himoya qilishda so'nggi yillarda unga yetakchilik qilgan M. Tursunov, M. Marasulov, A. Jo'raevlarning xizmatlari katta.