Fizika ta`limi va fanining rivoji

O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETIDA FIZIKA TA'LIMI VA FANINING RIVOJI

 

Fizika fakulteti professor-o'qituvchilari istiqlolning o'n sakkiz yillik va fizika fakultetining qutlug’ 50 yillik to'yini ulkan yutuqlar bilan kutib olmoqda.

Mustaqilligimiz sharofati bilan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham ulkan ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, Prezidentimiz I.A. Karimovning tashabbuslari bilan mustaqil mamlakatimizning ta'lim sohasidagi asosiy dasturi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilingan bo'lib, bugungi kunda uning ijrosi o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

            Tarihiy haqiqat tiklanib, Prezidentimizning bevosita rahnamoliklarida universitetimiz tashkil topgan sana 1918 yil 12 may deb belgilandi. Unga O'zbekiston Milliy universiteti maqomi berilganligi qalblarimizda g’urur va fahr qissini uyg’otdi.

Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o'rganishga asos solingan bo'lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mehanika, geofizika yo'nalishlarida talabalarga ta'limi bo'yicha tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.

Universitetda 1928 yili jahonda tengi yo'q kashfiyot qayd etildi. Fizik-tadqiqotchi P.B. Grabovskiy rahbarligida tasvirni elektron nur yordamida uzoq masofaga uzatib beruvchi va qabul qilib oluvchi moslama «Telefot» ihtiro qilindi. Ushbu kashfiyot sanasi - 1928 yilning 26 iyuni televideniyega asos solingan kun sifatida o'zbek fizika fani tarihidagi eng yorqin sahifalardan biri bo'lib qoldi.

O'rta Osiy Davlat universiteti rektorining 1959 yil 20 iyundagi 276-sonli buyruqiga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, 1959 yildan boshlab, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko'rsata boshladi.

1943 yilda harbiy sinoptiklarni tayyorlash maqsadida “Geofizika” (kafedra asoschisi va 1936-1954 yillarda kafedra mudiri prof. A.A. Skvorsov) kafedrasidan “Sinoptik meteorologiya” kafedrasi ajralib chiqdi (1943-1955 yillarda mudir  prof.V.A.Djorjio). 1955 yilda Geofizika va Sinoptik meteorologiya kafedralari birlashtirilgandan so'ng kafedra “Atmosfera fizikasi” kafedrasi deb nomlana boshlandi va unga 1955-1974 yillari prof. V.A. Djorjio mudirlik qildi.

1974-1976 yillarda kafedrani prof. V.I. Gubin va dots.H.E. Saidnazarov boshqardilar. 1976-1988 yillarda dots. N.N. Romanov kafedraga rahbarlik qildi. 1988-2002 yillar mobaynida dots. Y.V. Petrov, 2002-2005 yillarda dost. H.T.  Egamberdiev kafedraga mudir bo'ldi. 2005 yili “Atmosfera fizikasi” va “Umumiy fizika, fizikani o'qitish uslubiyati” kafedralari umumlashtirilib, «Umumiy fizika, fizikani o'qitish uslubiyati va atmosfera fizikasi» kafedrasi tashkil etildi. Hozirgi vaqtda «Atmosfera fizikasi» yo'nalishiga prof. T.Muhtorov rahbarlik qilib kelmoqda. Universitet tashkil etilgan yildan boshlab fizika yo'nalishini rivojlantirishga atoqli olimlar N.N. Zlatovratskiy, A.Е. Levashev, N.V. Krimenevtskiy, prof. S.A. Starodubsev, prof. L.N. Dobretsev, akad. U.A. Aripov, prof. G.N. Shuppe, akad. S.U. Umarovlar katta hissa qo'shdilar. 1936 yili “Umumiy fizika” kafedrasi tashkil etildi. 1936-1964 yillarda Umumiy fizika kafedrasiga atoqli olimlar prof.S.A.Starodubtsev, akad. S.U. Umarov, dost. I.I. Islomov va dost. I. Andreevlar rahbarlik qildi. 1964-1969 yillar davomida umumiy fizika kafedrasini dost. R.K. Karimov boshqardi. 1969 yili umumiy fizika kafedrasi fizika fakulteti talabalari uchun “Eksperimental fizika” kafedrasiga va “Fakultetlararo umumiy fizika” kafedrasiga bo'lindi. “Eksperimental fizika” kafedrasini 1969-1972 yillari akad. G’.Y. Umarov, 1972-1989 yillari prof. U.V. Azizov va 1989-1995 yillari prof. I.B.Buribaevlar boshqardilar. 1995 yili fizik mutahassislarni tayyorlashda umumiy fizika fanini o'qitish hususiyatidan kelib chiqib, ushbu kafedra tegishli mutahassislik kafedralarga qo'shildi. 1969-1991 yillar davomida “Fakultetlararo umumiy fizika” kafedrasini prof. M.A. Ma'rupov boshqardi. 1991 yildan kafedraga prof. U. Abdurahmonov rahbarlik qilmoqda.

1935 yilda “Nazariy fizika” kafedrasi tashkil etilgan bo'lib, ushbu kafedra, 1994 yilda “Yadro va kosmik nurlar fizikasi” hamda “Quyi energiyali yadro fizikasi” kafedralari negizida tashkil topgan “Yadro fizikasi” kafedrasi asosida, oliy ta'lim islohotlari va ilmiy-tadqiqot ishlari hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, 2005 yildan boshlab yagona “Yadro va nazariy fizika” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurgizib kelmoqda. “Yadro va kosmik nurlar fizikasi” kafedrasi mudirlari: 1956-1988 yillarda akad. S.A. Azimov (asoschi), 1988-1991 yillarda prof. A. Muhamedjanov, 1991-1994 yillarda akad. R.B. Bekjanov. “Quyi energiyali yadro fizikasi” kafedrasi mudirlari: 1959-1962 yillarda akad. S.V. Starodubtsev, 1962-1968 yillarda prof. G. Gumanskiy, 1968-1994 yillarda akad. A.A. Abdurazzakov. “Yadro fizikasi” kafedrasi mudirlari: 1994-2003 yillarda akad. B.S.Yuldashev, 2003-2005 yillarda akad. T.S. Yuldashbaev. “Nazariy fizika” kafedrasi mudirlari: 1935-1940 yillarda prof. A.Е. Levashev, 1940-1955 yillarda akad. S.U. Umarov, 1955-1964 yillarda prof. G.M. Avakyants, 1964-1967 yillarda prof. A.T. Teshaboev, 1967-1972 yillarda prof. R.H. Mallin, 1972-2005 yillarda akad. M.M. Musahanov, “Yadro va nazariy fizika” kafedrasi mudirlari: 2005-2007 yillarda akad. T.S. Yuldashbaev va 2007 yildan prof.A.A. Abdumalikov.

Fizikaviy elektronika kafedrasi 1936 yilda «Elektronika» nomi bilan tashkil etilgan bo'lib, 1937 yilda «Fizikaviy elektronika» kafedrasiga aylantirildi. Kafedraning shakllanishida mudirlar: prof. A.N. Dobretsov va prof. S.V. Starodubtsev (1936-1946 yillar), akad. U.A. Arifov (1946-1957 yillar) va prof. G.N. Shuppe (1957-1966 yillar)larning hizmatlari juda kattadir. Kafedraga 1966-1968 yillari dots. P. Sitaya, 1968-1972 yillari va 1980-1991 yillari prof. V.I. Veksler, 1972-1980 va 1991-1993 yillari dots. A.A. Adilov, 1993-1995 yillarida akad. O'.H. Rasulev mudirlik qildi. 1995 yildan boshlab kafedraga dots. N.Norqulov mudirlik qilib kelmoqda.

1941 yildan boshlab yangi mutahassisliklarning paydo bo'lishi va sanoatning o'sishi natijasida eksperimental fizika, asbobsozlik, optika sohasida tadqiqotlar rivojlandi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini ta'minlashda fakultet olimlari tashabbusi bilan 1954-1959 yillarda tashkil etilgan Sinoptik meteorologiya, Elektrolyuminestsentsiya, Elektron emissiya, Radiofizika va Yarimo'tkazgichlar fizikasi muammoviy laboratoriyalari katta ahamiyatga ega bo'lgan.

1957 yili tashkil qilingan Optika kafedrasi, 1964 yili Radiofizika nomi bilan tashkil etilgan va 1980 yildan esa Kvant radiofizikasi nomi bilan yuritilgan kafedra bilan bugungi kundagi kadrlar tayyorlash yo'nalishi va mutahassisligi, hamda ilmiy-tadqiqot ishlari hususiyatidan kelib chiqqan holda, 2005 yilda birlashtirilib, «Optika va lazerli fizika» kafedrasi nomi bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Shu yildan boshlab kafedraga prof. SH.O. Otajonov rahbarlik qilib kelmoqda.

Optika kafedrasiga 1957-1974 yillari dots. B.N. Nosenko (asoschi), 1974-1993 yillari prof. K.M. Muqimov, 1993-1995 yillari akad. P.K. Habibullaev va 1995-2005 yillari prof. SH. Otajonov mudirlik qilgan. Radiofizika (kvant radiofizikasi) kafedrasiga 1964-1969 yillari dost. I.I. Gofman, 1969-1980 yillari doc. H.H. Hojimuhamedov, 1980-2002 yillari prof. A.T. Mirzaev, 2002-2005 yillari prof. M.M. Mirinoyatov mudirlik qilgan.

Fizik mutahassislar tayyorlashda matematika fanining o'rnini e'tiborga olib,  fizika fakultetida 1965 yili Oliy matematika kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani 1965-1970 yillarda prof. N.H. Teshaboeva va 1970-1996 yillarda prof. Y.H. Quchqorov boshqardilar.

1996 yilda Oliy matematika kafedrasi Nazariy fizika kafedrasi bilan birlashtirilgan.

1970 yili prof. A.T. Teshaboev asoschiligida “Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Uni 1970-1981 yillari prof. A.T. Teshaboev, 1981-1996 yillari prof. S. Zaynobidinovlar boshqardilar. Kafedrani 1996 yildan hozirgacha prof. S.I. Vlasov boshqarib kelmoqda.

Respublikamiz Oliy o'quv yurtlari uchun fizik o'qituvchilarni tayyorlash hamda o'qituvchilarning malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish, oliy maktablarda fizikani o'qitish uslublari va fizika tarihi sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish hamda rivojlantirish maqsadida prof. E.N Nazirov tashabbusi bilan  1976 yili “Fizikani o'qitish uslubi va tarihi” kafedrasi tashkil etildi va 2004 yilgacha unga prof. E.N. Nazirov mudirlik qildi.

2004 yilda kafedra Umumiy fizika kafedrasi bilan birlashtirilib, “Umumiy fizika va fizikani o'qitish uslubiyati” nomi bilan atala boshlandi. Hozirgi kunda Fizika o'qitish uslubiyati yo'nalishiga dots. M.Qurbonov rahbarlik qilmoqda.

1947-1952 yillarda Toshkent Astronomik Observatoriyasi qoshida O'rta Osiyo Davlat universitetining astronomiya bo'limi faoliyat ko'rsatib, uni jami 13 mutahassis tugatgan. Fizika fakultetida 1987 yilidan “Astronomiya” kafedrasi rasmiy kafedra sifatida faoliyat ko'rsata boshlagan. Kafedraning asoschisi va mudiri (1987-2007 yillar) - prof.S.N. Nuritdinov. 2007 yildan kafedrani dost. K.T. Mirtajieva boshqarib kelmoqda.

1994 yili akad. S.SH. Rashidova tashabbusi bilan tashkil topgan “Polimerlar fizikasi” kafedrasi ushbu soha mutahassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlash sohasida Markaziy Osiyoda yagonadir. Kafedrani 1994-1996 yillarda akad. S.SH. Rashidova, 1996-2006 yillarda prof. T.I. Usmanov va 2006 yildan akad. S.SH. Rashidova boshqarib kelmoqda.

Fakultetda fizika fanining rivojlanishi va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangidan keng qamrovli olib borish natijasida 1981 yilda 5 ta muammolar laboratoriyasi birlashtirilib, O'zMU qoshida Amaliy fizika ilmiy-tadqiqot institutining tashkil topishiga olib keldi (Direktor akad. T.M. Mo'minov).

 Fizika fakulteti jamoasi fizika fani va ta'limi rivojiga o'zining katta hissasini qo'shgan bitiruvchilari bilan fahrlanadi. Bular akad. P.Q. Habibullaev, akad. S.A. Azimov, akad. G.Y. Umarov, akad. R.B. Bekjonov, akad. M.S. Yunusov, akad. YU.A. Izrael, prof. A.T. Teshabaev, akad. U.G’. G’ulyamov, akad. A.A. Abdurazakov, akad. M.M. Musahonov, akad. T.T. Riskiev, akad. R.A. Muminov, akad. Q.G. Gulomov, akad. S.SH. Rashidova, akad. T.M. Muminov, akad. T.S. Yuldashbaev, akad.K.M. Mukimov, akad. B.S. Yo'ldoshev, akad. O'.H. Rasulov,  akad. A.T. Mamadolimov, prof. G’.I. Muhamedov, prof. S.Z. Zaynobidinov, prof. M.T. Normurodov, prof. E.A. Zohidov,  prof. S.L. Lutpullaev, prof. SH.A. Egamberdiev va boshqalardir.

1991 yili universitetda, hususan, fizika fakulteti hayotida yangi davrning boshlanishi bo'ldi. Mustaqillik yillarida fakulьtetda ta'lim-tarbiya, ilmiy tadqiqot yo'nalishlari tubdan o'zgardi. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida rivojlanish yo'lini tanlagandan so'ng, dastlabki yillardayoq, yurt oldiga yuksak madaniyat va ma'naviyatga hamda jahon andozalari darajasidagi ta'limga erishish vazifalari qo'yildi. Bu vazifalar bosqichma-bosqich, izchil islohotlar yo'li bilan amalga oshirilmoqda.

Universitetda fizika fanini rivojlantirish, uning jahon va respublikagi mavqeni yanada yuqori bosqichlarga olib chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochildi. Fizika fakulteti Rossiya, Koreya, Avstriya, Germaniya, Pokiston, Gollandiya, Ukraina, Italiya, Daniya, Angliya, Yaponiya kabi davlatlarning bir qator nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda halqaro tashkilotlardan YUNЕSKO bilan o'quv-ilmiy aloqalar olib borish bilan bir qatorda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi, Elektronika, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Astronomiya institutlari, Issiqlik fizikasi bo'limi, “Akademasbob”, “Fizika quyosh” (Fizika-tehnika hamda Materialshunoslik institutlari), “Gidrometeomarkaz”, “Fonon”, “Foton”, “MELMA” ilmiy - ishlab chiqarish birlashma  va korhonalari bilan kadrlar tayyorlash borasida o'zaro hamkorlik yanada rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari, O'zFA ilmiy-tekshirish institutlari qoshida 5 ta kafedraning filial va o'quv markazlari faoliyat ko'rsatmoqda. Fakultetimizga tashrif buyurayotgan nufuzli olimlarning ma'ruzalar bilan chiqishlari hamda ularning fizik olimlarimiz bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqiotlar olib borishi fakultet ilmiy salohiyatining oshishini ta'minlamoqda.

Fizika fakultetida faoliyat ko'rsatgan taniqli olimlar akad. S.A. Azimov - yadro fizikasi va kosmik nurlar fizikasi; akad. U.O. Oripov - fizikaviy elektronika, prof. V.A. Djordjio - Atmosfera fizikasi, akad. P.K. Habibullaev, dots. B.M. Nosenko - optika va spektroskopiya, prof. E.N. Nazirov - fizikani o'qitish uslubi va tarihi, akad. M.M. Musahanov - nazariy fizika, prof. A.T. Teshaboev - yarimo'tkazgichlar fizikasi, akad. S.R. Rashidova - polimerlar fizikasi, prof. A.T. Mirzaev - kvant radiofizikasi, prof. S.N. Nuritdinov - Astronomiya va astrofizika sohalarida o'ziga hos ilmiy maktablarini yaratganlar.

Fizika fakultetining рozirgi istiqbolida unga rahbarlik qilgan taniqli olim va mutahassislarning mehnatlari beqiyosdir. Bular fakultet dekanlari: prof. V.A. Djordjio (1959-1964), dost. B.G. Smirnov (1964-1967), prof. R.H. Mallin (1967-1972), akad. A.A. Abdurazzakov (1972-1980), dost. A.A. Adilov (1980-1991), akad. K.M. Mukimov (1991-1992), prof. S.Z. Zaynobiddinov (1992-1996), prof. A.T. Mirzaev (1996-1997), doc. A.S. Rahmatov (1997-2004)  prof. O.O. Mamatkarimov (2004 yildan).

Mustaqillik yillarida horijiy davlatlar bilan ilmiy-uslubiy yo'nalishdagi hamkorlik shartnomalari asosida ish olib borish ko'lami rivoj topdi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talabiga javob beradigan raqobatbardosh mutahassislar tayyorlashda horijiy ilmiy va o'quv muassasalari bilan yaqindan uzviy aloqa bog’lashga erishildi. Keyingi besh yil mobaynida halqaro va respublika miqyosida grantlar tanlovlarida ishtirok etish keskin ko'paydi. Fizika fakulteti professor-o'qituvchilar tomonidan 10 dan ziyod halqaro va respublika miqyosidagi grant, ilmiy mavzu va ho'jalik shartnomalari bajarilmoqda.

Fizika fakulteti ahborot resurs markazi 100000 dan ziyod adabiyotlar fondiga ega bo'lib, bugungi kun talablaridan kelib chiqib jihozlangan. 80 o'rinli o'quv zali va jurnallarning “Ochiq fondi” tashkil etilgan. Fakultetda o'qitiladigan barcha fanlar o'quv adabiyotlari bilan to'la ta'minlangan. Kafedralarda o'quv kutubhonalari tashkil qilingan bo'lib, talabalar foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, fakultet va kafedralarda internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar yordamida kerakli adabiyotlar va ilmiy jurnallardan ma'lumotlar olish imkoniyati yaratilgan. Fakultetda o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha laboratoriya ishlari majmualari mavjud bo'lib, ular kerakli qurilma va jihozlar hamda uslubiy qo'llanmalar bilan to'liq ta'minlangan. Talabalar taklif va istaklaridan kelib chiqqan holda “Ustoz shogird” tizimi asosida kafedralarning etakchi professor-o'qituvchilariga biriktirilgan.

Talabalar o'quv, malakaviy amaliyotlarni va magistrlik dissertaciyalari hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarishni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida ular muntazam ravishda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo'limi, Astronomiya instituti, Elektronika instituti, Yadro fizikasi instituti, “Fizika quyosh” IICHB Fizika-tehnika instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti va Fanlar Akademiyasining boshqa tarmoq institutlari hamda “Foton”, “Fonon”, “Akademasbob” ilmiy - ishlab chiqarish birlashmalarning zamonaviy moddiy-tehnika bazalariga ega bo'lgan ilmiy laboratoriyalarga yuborilmoqdalar.

Fakultetning iqtidorli talabalari, mustaqil O'zbekiston Respublikasi halq ho'jaligi uchun zarur bo'lgan ustivor yo'nalishlar bo'yicha mablag’ bilan ta'minlanib, kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlarida ishtrok etmoqdalar.

O'quv jarayonini ko'rgazmali qurollar, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida olib borishga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, fakultetda zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan mahsus ma'ruza zallari, “Ochiq ma'ruza” trening, seminar mashqulot honasi tashkil etilgan. Ohirgi 10 yil mobaynida dost. A. Karimhodjaev rahbarligidagi ilmiy guruh, o'quv jarayoni va uni boshqarishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilish borasida e'tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdilar. Jumladan: oliy ta'limga axborot-kommunikatsiya tehnologiyalari yutuqlarini joriy qilish borasida umumiy hajmi 825000 Еvro va 240000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan o'ndan ortiq investitsion loyihalar mablag’i jalb qilindi; fizika fakulteti binosida 52 kompyuter o'rinli va mahsus auditoriyadan iborat zamonaviy tehnika vositalari bilan jihozlangan Ochiq O'quv-Informatsion Markaz tashkil etildi va samarali faoliyat ko'rsatmoqda; TЕMPUS, YUNЕSKO kabi halqaro donor tashkilotlarning yutilgan grantlari asosida investitsion loyihalar tufayli respublikamiz oliy o'quv yurtlarining yuzdan ortiq o'qituvchi va injener-texnik hodimlari elektron ta'lim, elektron ta'lim muhitini yaratish va undan foydalanish, ta'lim informatsion tizimiga texnik xizmat ko'rsatish borasida o'z malakalarini Еvropaning etakchi UCLAN, FONTYS, Kembridj universitetlarida oshirib kelish imkoniyatlariga ega bo'ldilar.

Mustaqillik yillarida fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan 400 dan ortiq o'quv adabiyotlari, 50 ga yaqin yangi laboratoriya ishlari yaratilib, o'quv jarayonida foydalanilyapti. Bir qator oliy o'quv yurtlarining turdosh kafedralariga yuqori malakali kadrlar (fan nomzodlari va doktorlari) tayyorlash, o'qituvchilarning malakasini oshirish va o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash borasida ham amaliy yordamlar berilmoqda. Mustaqillik yillarining o'zida fakultet bazasida va professor o'qituvchilari rahbarligida 19 ta fan doktori va 55 ta fan nomzodi tayyorlandi.

Fakultet olimlari tomonidan mehanika, molekulyar fizika hamda optika fanlaridan o'quv laboratoriya majmualari va ularga tegishli metodik qo'llanmalar yaratilib, viloyat oliy o'quv yurtlari, kollej hamda akademik litseylarning o'quv jarayoniga tadbiq qilinmoqda.

Mustaqillik sharofati bilan fakultet jamoasi horijiy mamlakatlarning juda ko'plab universitet va institutlari bilan hamkorlikda ishlar olib bormoqda. Jumladan, Ukrainaning Kiev Milliy universiteti, Xarkov universiteti, Xarkov fizika instituti, Rossiyaning Sankt-Peterburg Optika va Mehanika universiteti, Janubiy Koreyaning Pusan universiteti va Chunxay  Milliy universiteti, Germaniyaning Potsdam universiteti, Belgrad Astronomiya observatoriyasi va Radioastronomiya instituti, Moskva Davlat universiteti, Moskva viloyatining Dubna shahridagi xalqaro Birlashgan Yadro tadqiqot instituti (BYATI), Germaniyaning Mayns, Bern universitetlari, Moskva Energetika instituti, A.F. Ioffe nomidagi fizika-texnika instituti (Sankt-Peterburg), Materialshunoslik muammolari instituti (Ukraina), Fizika va ximiya instituti (Urumchi, Xitoy) kabi etakchi institut va universitetlar olimlari bilan o'quv uslubi, ilmiy-tadqiqot sohalarda hamkorlik qilinmoqda.

Bugungi kunda bir qator kafedralari Janubiy Koreyaning Chungnam universiteti, Rossiyaning Gidrometeorologiya universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Rossiya Fanlar Akademiyasi Fizika-tehnika instituti hamda Moskva Davlat radiotehnika, elektronika va avtomatika institutilari bilan hamkorlik shartnomalari tuzgan. Ushbu shartnomalar asosida, yuqorida keltirilgan universitet va institutlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari, aspirant va doktorantlarni tayyorlash, iqtidorli talabalarni o'zaro almashinish hamda professor-o'qituvchilarning malakasini oshirish yo'lga qo'yilgan. Fizika fakulteti qoshida 1998 yilda YUNЕSKO tashkiloti bilan hamkorlikda YUNЕSKO kafedrasi tashkil etilgan.

So'ngi yillarda horijiy mamlakatlarning bir qator Oliy o'quv yurtlarida fakultetning 10 dan ziyod professor-o'qituvchilari malaka oshirib qaytdilar. Undan tashqari, horijiy davlatlarning nufuzli Oliy o'quv yurtlariga fakultet professor-o'qituvchilari etakchi mutahassis sifatida ishga taklif etilmoqda. Fakultetning ko'plab iqtidorli talabalari horijiy davlatlarning Oliy o'quv yurtlarida o'qishni davom ettirmoqda va horijiy anjumanlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Fakulьtetda ohirgi uch o'quv yilida halqaro aloqalari bo'yicha bir qator horijning 10 dan ziyod etakchi olimlari taklif etilgan va ular ishtirokida ma'ruzalar tashkil qilingan.

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ilmiy-pedagogik mutahassislar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo'yicha keng ko'lamda faoliyat olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo'limi, Astronomiya instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Elektronika instituti, Fizika-tehnika instituti, Yadro fizikasi instituti, Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti va Fanlar akademiyasining boshqa tarmoq institutlari hamda O'zgidrometeorologiya, “Akademasbob” ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari bilan o'zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash va fizika fanining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni nazarda tutuvchi 2012 yilgacha rejalashtirilgan shartnoma asosida keng ko'lamda ishlar olib borilmo?da.

Fizika fakultetining bitiruvchi mutahassislariga iste'molchilarda talab katta bo'lib, ularning ko'pchiligi O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining institutlarida, tibbiyot sohasining diagnostika yo'nalishi markazlarida, Mudofaa vazirligiga tegishli tashkilotlarda, Markaziy geologiya laboratoriyalarida, Oliy o'quv yurtlarida hamda akademik litsey va kasb - hunar kollejlarida faoliyat ko'rsatmoqdalar.

Hozirgi kunda fizika fakulteti o'quv uslubiy jarayoniga «Yadro va nazariy fizika», «Optika va lazerli fizika», «Fizikaviy elektronika», «Umumiy fizika, fizikani o'qitish uslubi va atmosfera fizikasi», «Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi», «Polimerlar fizikasi», «Astronomiya» kafedralarining 63 ta professor- o'qituvchilari, shu jumladan, 4 ta O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademiklari, 15 ta fan doktori va professorlar, 39 ta fan nomzodlari va dotsentlar jalb etilgan. Ayni paytda fakultetda 3 ta ta'lim yo'nalishida bakalavrlar va 14 ta mutahassislik bo'yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, fakultetda aspirantura va doktorantura mavjud.

Fizika fakulteti jamoasi Prezidentimiz tomonidan belgilangan milliy g’oyamizga sodiq, kelajagi buyuk mamalakatimizning rivoji uchun sidqidildan mehnat qiluvchi, o'z kasbiga mehr qo'yib, mustaqilligimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shuvchi etuk mutahassislar tayyorlash har bir professor-o'qituvchining burchi ekanligini his qilgan holda mehnat qilmoqda.