BMIga qo'yiladigan talablar

Bitiruv malakaviy ishni bajarishni (keyingi satrlarda malakaviy ish) - oliy o'quv yurti bakalavriatida talabalarni o'qitishning yakuniy bosqichidir.

            Malakaviy ishni bajarish maqsadi:

            Ta'lim bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni muayyan ilmiy, tehnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo'llash;

            Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo'yilish jarayonidan boshlab, uni to'la nihoyasiga etkazish bo'yicha qaror qabul qilishda bo'lgan ma'suliyatini his etishga o'rgatish;

Zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tehnika va madaniyatning rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlikligini ta'minlash.

Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini va iqtisodiyot, ishlab chiqarish, tehnika, ijtimoiy sohalar, fan, ta'lim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak.

Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shahsan talaba tomonidan bajariladi.

Malakaviy ishning har bir bo'limi muvofiq asoslar, qarorlar va hulosalar bilan yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma'ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari, kurs ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko'rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.

Tushuntirish qism (poyasnitelьnaya zapiska) malakaviy ishning mazmunini qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim. Zaruriy hollarda tushintirish qismga grafiklar, rasmlar, eskizlar, diagrammalar, shema va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo'shimcha axborot yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin.

Malakaviy ish qo'l yozma (titul varaqi kompyuterda terilishi mumkin)  tarzida rasmiylashtirilgan bo'lishi shart. Malakaviy ish odatda 1,5 intervalda, 14 o'lchamli shriftda bo'ladi. Dissertasiya matni quyidagi qog’oz bichimida yoziladi: A4 formatli qog’ozda chapdan 30 mm, yuqoridan 25 mm, o'ngdan 15 mm va pastdan 25 mm ochiq qoldiriladi.

Malakaviy ish kamida 15-20 ming so'z (50-60 bet) hajmida belgilanadi.

Chizmalarning formati, shartli belgilari, shrift va masshtablari amaldagi GOSTlar talablariga qat'iy muvofiq kelishi zarur. Odatda, chizmalar A2 formatli qog’ozda (5-6 varaq hajmida) qalamda bajariladi yoki tehnika vositalari orqali ekranda ko'rsatiladi.

Malakaviy ish OO'YU kafedralarida, ilmiy laboratoriyalarida, ayrim hollarda, korhonalar, ilmiy muassasalarda bajarilishi mumkin.

Talaba - ish muallifi, tanlangan qarorning to'g’riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko'chirmachilik holatining yo'qligiga javob beradi.