Akademiklarimiz

A K A D Е M I K L A R I M I Z

 


AZIMOV SODIQ AZIMOVICH

(1914-1988)

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekiston Respublikasida hizmat ko'rsatgan Fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati

S.A.Azimov 1914 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan.

S.A.Azimov O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika-matematika fakultetini 1940 yilda tugatgan. 1940-1945 yillarda O'rta Osiyo politexnika institutida ilmiy hodim, 1948-1956 yillarda O'zFA Fizika-texnika instituti laboratoriya mudiri, 1956-1958 yillarda ushbu institut direktor o'rinbosari, 1958-1962 va 1966-1988 yillarda O'zFA Fizika-texnika instituti direktori, 1962-1966 yillarda O'zFA Yadro instituti direktori, 1986-1988 O'zFA Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori.

1955 yilda fizika-matematika fanlari doktori, 1958 yilda professor, 1962 yilda O'zFA akademigi.

Ilmiy ishlari yadro fizikasi, yuqori energiyalar fizikasi va yuqori temperaturali gelio materialshunoslik ilmiy maktablarining asoschisi.

Akad. S. Azimov tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Quyosh” ob'ekti qurilishi 1981 yilda boshlanib 1987 yilda nihoyasiga etkazildi. 1986 yilda “Fizika-texnika instituti” va Katta  quyosh reaktori  negizida S. Azimov tashabbusi bilan O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Fizika-Quyosh ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi.

S.A.Azimovning 300 dan ortiq ilmiy ishlari bor. U 10 ta fan doktori va 70 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlagan.

 


 


ARIFOV UBAY ARIFOVICH

(1909-1976)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekiston Respublikasida hizmat ko'rsatgan Fan va tehnika arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, ko'plab orden va medallar so?ibi.

U.A.Arifov 1909 yilda Qo'qonda tug’ildi. 1928-1931 yillarda Samarqand shahridagi O'zbekiston davlat pedagogika akademiyasi fizika-matematika      fakulteti talabasi.

U.A.Arifov ish faoliyatini 1932 yilda Qo'qondagi pahtachilik institutida assistent lavozimidan boshlagan. 1935-1941 yillarda O'rta Osiyo Davlat universitetida assistent bo'lib ishlash davrida G.Shuppe bilan birga Fizikaviy elektronika kafedrasi va maktabiga asos solgan. 1941-1945 yillarda Jahon urushi qatnashchisi.

U.A.Arifov 1945 yilda nomzodlik va 1945 yilda doktorlik dissertaciyalarini yoqlagan. 1956 yildan O'zFA akademigi.

U.A.Arifov 1945-1956 yillarda O'zFA Fizika-tehnika instituti elektronika laboratoriyasi mudiri, 1956-1962 yillarda O'zFA Yadro fizikasi instituti direktori, 1962-1966 yillar O'zFA prezidenti, 1966-1976 yillarda O'zFA Elektronika instituti direktori va 1963-1976 yillarda ToshPI Elektronika kafedrasi mudiri vazifalarida ishlagan. Bundan tashqari 1965-1976 yillarda «Geliotehnika» jurnali tashkilotchisi va bosh redaktori.

Ilmiy ishlari fizikaviy elektronika sohasiga oid.

U.A.Arifov 8 ta monografiya, 8 ta ixtiro uchun mualliflik guvohnomasi, 500 dan ortiq ilmiy va 100 dan ortiq ilmiy ommabop ma?olalar muallifidir. U 2 ta fan doktori va 30 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlagan.

 


 


B
ЕKJONOV RAHIM BЕKJONOVICH

(1930-2000)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati.

R.B.Bekjonov 1930 yil 5 martda Chimkentda tug’ilgan. 1953 yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika-matematika fakultetini tugatgan.

R.B.Bekjonov 1952-1954 yillarda O'zFA Fizika-texnika institutida, 1958 yildan O'zFA Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri vazifasida ishlagan. 1992-1994 yillari O'zMU fizika fakultetining Yuqori energiyali yadro va  kosmik  nurlar fizikasi  kafedrasiga mudirlik qilgan.

R.B.Bekjonov 1966 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan, 1968 yildan professor, 1989 yildan O'zFA akademigi.

Ilmiy ishlari neytronlar o?imining energiya taqsimoti va issiqlik neytronlarining moddalar bilan ta'sirlashuvi masalalariga oid.

Bekjonov R. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 40 ga yaqin ilmiy qo'llanmalar, Oliy o'quv yurtlari va o'rta maktablar uchun darsliklar hamda fizikadan ruscha-o'zbekcha lug’atlar muallifidir.

Bekjonov R. O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Beruniy nomli Davlat mukofoti va S.I. Vavilov nomli nishon sovrindori, O'zbekiston ma'orif a'lochisi va ihtirochisi hamdir.

 

 


 


UMAROV G’IYOS YOQUBOVICH

(1921-1988)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

“Hurmat belgisi ordeni” va medallar bilan mukofotlangan.

G’.Y.Umarov 1921 yil 25 dekabrda tavallud topgan.

G’.Y.Umarov 1943 yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika-matematika fakultetini bitirgan. 1967 yilda doktorlik dissertaciyasini yoqlagan, 1968 yildan professor, 1968 yilda O'zFA muhbir a'zosi.

G’.Y.Umarov 1946-1949 yillarda MDU aspiranti, 1950-1958 yillarda Toshkent Politehnika instituti dotsenti, kafedra mudiri, 1950-1965 yillarda O'zFA Fizika-tehnika institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, institut direktori o'rinbosari, direktori, 1965-1988 yillarda Fizika-texnika instituti geliofizika bo'limi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1969-1972 yillari ToshDU (O'zMU) fizika fakultetining Eksperimental fizika kafedrasiga mudirlik qilgan.

Ilmiy ishlari yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid.


 


YUNUSOV MAHAMADJON SOBIROVICH

(1932-2002)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan Fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni sohibi.

M.Yunusov 5 noyabrda 1932 yilda Jalolobod shahrida tug’ilgan.

1950-1955 yillari O'rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O'zMU) fizika ihtisosligi bo'yicha taqsil olib, o'z faoliyatini O'zFA Fizika-texnika institutida kichik ilmiy hodim lavozimidan boshlagan. 1959-1962 yillarda O'zFA Yadro fizikasi instituti aspiranti, 1962-1967 yillarda kichik ilmiy hodim, katta injener, 1967-1971 yillarda O'zFA Fizika-texnika instituti direktor o'rinbosari, 1971-1978 yillarda O'zFA Yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri, 1978-1982 yillarda Yadro fizikasi instituti direktor o'rinbosari, 1982-1983 yillarda institut laboratoriya mudiri, 1983-1988 yillarda Toshkent elektrotehnika aloqa instituti ilmiy ishlar bo'yicha prorektori, 1988 yilda O'zFA “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktor muovini, 1988-1989 yillarda O'zFA Yadro fizikasi instituti direktori, 1989-1999 yillarda institut laboratoriya mudiri, 1999-2002 yillarda O'zFA Yadro fizikasi instituti etakchi ilmiy hodimi lavozimida ishlagan.

M.Yunusov 1967 yilda nomzodlik va 1981 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.

Ilmiy ishlari aralashmalar bilan boytilgan yarim o'tkazgichlar va ular asosidagi asboblarning tuzilmalariga turli ko'rinishdagi energiyalar va chu?ur kirib boruvchi nurlar ta'sir etganda yuz beradigan elektr jarayonlarni tekshirishga oid.

M.Yunusovning 300 dan ortiq ilmiy ishi, 1 ta monografiya, 24 ta mualliflik guvohnomalari va patentlari bor. U 3 ta fan doktori va 29 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlagan.


 


G’ULOMOV ULUG’ G’AFUROVICH

  

O'zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasining akademigi

  

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan Fan arbobi, Abu Ray?on Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati.

U.G’.G’ulomov 1933 yil 10 yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan.

U.G’.G’ulomov 1950 yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakulьtetiga o'qishga kirib, 1955 yilda tugatgan. 1959 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyaning Fizika-texnika institutida ish faoliyatini boshlagan. 1972 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.

1962-1969 yillarda O'zR FA Yadro fizikasi instituti direktor o'rinbosari, 1969-1978 va 1989-1990 yillarda O'zR FA Yadro fizikasi instituti direktori, 1978-1990 yillarda laboratoriya mudiri lavozimlarida ishlagan, 1973 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi muhbir a'zosi bo'lgan. 1991-1999 yillarda «Fizika-Quyosh» IICHB Bosh direktori lavozimi bilan bir qatorda  U.G’.G’ulomov O'zR FA ilmiy kotibi sifatda ham faoliyat yuritdi.

Uning ilmiy ishlari asosan elementar zarralar fizikasi, realtivistik yadrolar fizikasi, radiacion materialshunoslik, aktivacion tahlil va radioaktiv izotoplardan foydalanish sohalariga oid.

Toshkent shahar Ulug’bek shaharchasidagi ko'chalardan biri uning nomi bilan ataladi.

U.G’.G’ulomovning 200 dan ortiq ilmiy ishlari, 10 dan ziyod monografiya va o'quv qo'llanmalari chop etilgan. U 3 ta fan doktori va 8 ta fan nomzodi tayyorlagan.


 


ABDURAZZOKOV ABDUJABBOR

 (1932-1994)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati.

A.Abdurazzokov 1932 yil 20 mayda Bekobod shahrida tavallud topgan.

A.Abdurazzokov 1951 yilda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetiga o'qishga kirib, 1956 yilda tugatgan. 1956 yilda O'z FA Fizika-tehnika institutida ish faoliyatini boshlagan. 1972 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.

1984 yildan O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi, 1968-1994 yillarda Radiacion fizika kafedrasi mudiri, 1972-1979 yillarda fizika fakulteti dekani, 1967 yilda Rossiyaning Birlashgan yadro tadqiqot institutining mukofoti sovrindori bo'lgan. 1980-1988 yillarda ToshDU qoshidagi tabiiy fanlar malakasini oshirish fakulьteti dekani.

Abdurazzokov A.A  Birlashgan Yadro Tadqiqot Instituti (BYATI)da Yadro muammolari laboratoriyasida o'z izdoshlaridan iborat guruh tuzdi va nodir elementlar izotoplarining asosiy va uyg’ongan holatlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. A.Abdurazakov tashabbusi va rahbarligida beta-spektrograflar (SP-1, SP-2,SP-3) kompleksi yaratildi va 100 dan ortiq yadrolar xossalari o'rganildi, 15 ta yangi izotoplar ochilgan. Birinchi bo'lib 17 ta yadroning emirilish shemalari taklif etildi.

A.Abdurazzokovning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari 10dan ziyod darslik, monografiya va o'quv qo'llanmalari chop etilgan. Uning rahbarligida 1 ta fan doktori va 10 ta fan nomzodi tayyorlangan.


 


VOHIDOV  SHAVKAT AHADOVICH

(1932-2008)

 

O'zbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Xalq Maorifi a'lochisi, qator ordenlar sohibi.

Sh.A.Vohidov 1932 yil 11 oktyabrda Samarqand shahrida tavallud topdi.

Sh.A.Vohidov 1950-1955 yillarda O'zbekiston Davlat universitetida tahsil oldi. Ish faoliyatini 1955 yilda O'zbekiston Davlat universiteti Optika kafedrasida assistent lavozimida boshlagan.

Sh.A.Vohidov 1956-1959 yillarda O'zFA Fizika-texnika instituti aspiranti, 1959-1965 yillarda O'zFA Yadro fizikasi instituti ilmiy xodimi, 1965-1995 yillarda shu institutning laboratoriya mudiri, 1995 yildan O'zFA Yadro fizikasi instituti ilmiy konsultanti, 1980-1999 yillarda “Koinot” IICHB Bosh direktori, 1990 yildan Xalqaro Aerokosmik maktab doimiy ilmiy rahbari, 2000-2008 yillarda Xalqaro Yoshlar Aerokosimik Jamg’armasi rayosati raisi lavozimlarida ishlagan.

            Sh.A.Vohidov 1963 yilda nomzodlik, 1973 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1977 yildan professor, 2000 yildan O'zFA akademigi, 1992 yildan Rossiya kosmonavtika akademiyasining akademigi.

Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, kosmonavtika va asbobsozlik sohalariga oid.

Sh.A.Vohidov 6 ta monografiya, 280 dan ortiq ilmiy ishlar, 64 ta ihtiro muallifi. U 7 ta fan doktori, 26 ta fan nomzodi tayyorlagan.

 


 

STARODUBCЕV SЕRGЕY VASILЬЕVICH

(1914-1967)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan va tehnika arbobi.

S.V.Starodubsev 24 oktyabr 1914 yilda Ashhabodda tug’ilgan.

S.V.Starodubsev 1935 yilda MDU fizika-matematika fakultetini bitirgan. S.V.Starodubsev 1935-1941 yillarda O'rta Osiyo davlat universitetida o'qituvchi, 1938-1942 yillarda Toshkent to'qimachilik instituti Fizika kafedrasi mudiri, 1942 yildan Leningrad shahrida harbiy havo injenerlari akademiyasida o'qituvchi va kafedra mudiri, 1946-1956 yillarda Fanlar akademiyasi Fizika-tehnika instituti (Leningrad) ilmiy hodim, 1956-1966 yillarda O'zFA vitse-prezidenti, 1966 yildan to umrining ohirigacha O'zFA yadro fizikasi instituti direktori lavozimlarida ishlagan.

1946 yilda tehnika fanlari doktori, 1947 yilda professor, 1956 yilda O'zFA akademigi.

Ilmiy ishlari fizik elektronika, atom yadrosi fizikasi, qattiq jism radiasion fizikasi va aktivasion analiz masalalariga oid. Yadro va radiasion fizika maktabini yaratgan.

S.V. Strodubsev tomonidan zaryadlangan zarrlarni moddadan o'tishi, gamma nurlanishlarni modda bilan to'qnashuvishiga va yadro fizikasining boshqa masalalarga bag’ishlangan 5 jilddan iborat ilmiy ishlar To'la to'plami chop etildi.  

S.V. Starodubsev 6 ta monografiya, 250 dan ortiq ilmiy maqola chop ettirgan. U 2 ta fan doktori va 27 ta fan nomzodi tayyorlagan.

 


 


BUGA
ЕV VIKTOR ANTONOVICH

(1908-1974)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Davlat mukofoti laureati, ko'plab orden va medallar bilan mukofotlangan. Jahon Meteorologiya Tashkiloti mukofotiga sazovor bo'lgan.

Bugaev Viktor Antonovich 1908 yil 6 sentyabrda Smolensk shahrida (Rossiya) tavallud topgan.

V.A.Bugaev 1935 yildan O'zbekiston Gidrometeorologiya hizmati ob-havo byurosining, 1943-46yillarda esa Toshkent ob-havo byurosining boshlig’i, 1946-57 yillarda Toshkent Geofizika observatoriyasining direktori va shu bilan birga 1944 yildan boshlab O'zR FA Matematika va mehanika institutida katta ilmiy hodim, 1944-52 yillarda esa bo'lim boshlig’i, 1953-59 yillarda institut direktori lavozimlarida ishlagan. V.A. Bugaev 1958-59 yillarda tashkil qilingan Uchinchi Antarktika ekspediciyasida aerometeorologiya otryadining boshlig’i, 1959-66yillarda Moskvadagi Prognozlar Markaziy institutining direktori, 1964-66 yilarda Dunyo Meteorologiya markazining direktori, 1966-73 yillarda Rossiya Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot markazining direktori, 1973-74 yillarda Moskva Davlat universiteti Meteorologiya va iqlimshunoslik kafedrasining mudiri va 1962-74 yillarda Moskvada chop etiladigan «Meteorologiya va gidrologiya» jurnalining redaktori vazifalarida ishlagan.

V.A.Bugaev 1960 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan, 1962 yildan professor unvonini olgan, 1966 yildan O'zR FA akademigi etib saylangan.

V.A. Bugaev 125 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

 


 


GUBIN VIKTOR IVANOVICH

(1917-1975)

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan va tehnika arbobi.

V.I. Gubin 1917 yil 24 noyabrda Uzoq Sharqda tavallud topgan. 1941 yil O'rta Osiyo davlat Universiteti hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti (O'zMU) fizika fakultetini tugatgan.

V.I. Gubin harbiy havo kuchlarini meteorologik ta'minoti bo'yicha armiyada turli lavozimlarda hizmat qildi. O'sha paytdayoq uni dinamik meteorologiya muammolari qiziqtirdi. Armiya safidan qaytgandan keyin aspiranturada o'qidi. 1949 yildan O'zbekiston FA V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining nazariy geofizika bo'limida ishlaydi, 1957-1975 yillarda bu bo'limni boshqardi. 1962 yildan ikki yil davomida O'zR FA fizika-matematika fanlari bo'limida akademik-sekretar, keyinchalik Matematika institutining direktor o'rinbosari va direktori lavozimlarida ishladi. 1974-1975 yillarda O'zMU fizika fakulteti Atmosfera fizikasi kafedrasida mudirlik qildi.

Ilmiy ishlari baroklin atmosferada frontogenez nazariyasini ishlab chiqish masalalariga oid.

V.I. Gubin tomonidan 1 ta monografiya va 70 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.

Uning rahbarligida 10 dan ortiq fan nomzodi tayyorlagan.

 


 


HABIBULLA
ЕV PO'LAT KIRGIZBAЕVICH

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

Rossiya Fanlar akademiyasining muhbir a'zosi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan Fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

P.K.Habibullaev 14 oktyabr 1936 yilda Andijon shahrida tug’ilgan.

1955-1960 yillari O'rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O'zMU) fizika ihtisosligi bo'yicha imtiyozli diplom bilan bitirib, o'z faoliyatini hozirgi Toshkent Davlat pedagogika universitetida o'qituvchilikdan boshlagan. 1960-1963 yillarda Moskva pedagogika institutining aspiranti, 1963-1972 yillarda Moskva davlat universiteti o'qituvchisi, 1972-1975 yillarda Andijon paxtachilik institutining rektori, 1975-1978 yillarda O'zbekiston ilmiy va o'quv yurtlari bo'limining mudiri, 1978-1988 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, 1984-1988 yillarda O'zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti, 1994-2002 yillarda O'zbekiston Respublikasi Fan va Tehnika Davlat qo'mitasi raisi, 1992-1995 yillari fizika fakultetining Optika kafedrasi mudiri lavozimlarida samarali faoliyat ko'rsatib kelgan. Bugungi kunda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi bo'limi rahbari, ko'plab horijiy mamlakatlarning akademigi, “O'zbekiston fizika jurnali”ning bosh redaktori, bir qator jurnallarning hay'at a'zosidir.

Ilmiy ishlari nochiziqli optika, molekulyar va radiacion fizika, akustika, kvant elektronika, lazer materialshunosligi, yadro va issiqlik fizikasi masalalariga oid.

P.K.Habibullaevning ilmiy-tadqiqot sohasidagi faoliyatlarining natijalari 500 dan ortiq ilmiy ish va 13 ta monografiyalarida o'z aksini topgan. U 30 ta fan doktori va 150 dan ortiq fan nomzodlari tayyorlagan.

 


 


RASHIDOVA SAYYORA SHAROFOVNA

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Do'stlik” ordeni, “El-yurt hurmati” ordeni, “O'zbekiston belgisi” nishoni va O'zMUning “Yuksak hizmati uchun” belgisi bilan taqdirlangan.

S.Sh.Rashidova 3 avgust 1943 yilda Jizzax shahrida tug’ilgan.

S.Sh.Rashidova 1965 yilda Moskva Davlat Universitetining kimyo fakultetini tugallab, 1972 yilda nomzodlik, 1983 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

S.Sh.Rashidovaning shahsan tashabbusi va rahbarligida 1979 yil fevral oyida O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida Polimerlar kimyosi va fizikasi bo'limi tashkil qilindi, so'ngra shu bo'lim asosida 1981 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tashkil topdi. 1994 yilda S.Sh.Rashidovaning tashabbusi va rahbarligida O'zbekiston Milliy Universiteti fizika fakultetida Polimerlar fizikasi kafedrasi tashkil qilindi. 1981 yildan Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, 1995 yildan Oliy Majlisning inson huquqlari bo'yicha (OMBUDSMAN) vakili. 2006 yildan Polimerlar fizikasi kafedrasi mudiri.

Ilmiy ishlari yuqori molekulyar birikmalar kimyosi-polimerlar zanjirida kechadigan kimyoviy reakciyalarga oid.

S.Sh.Rashidovaning 500 dan ortiq ilmiy ishlari bor. U 4 ta fan doktori va 20 ta fan nomzodi tayyorlagan.

 

 


 


IZRAEL YURIY ANTONI
ЕVICH

 

Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi

 

«Ettore Madjoran» oltin medali, V. N. Sukachev nomidagi oltin medal, Davlat mukofoti laureati, ko'plab orden va medallar sohibi.

Y.A. Izrael 1930 yil 15 mayda Toshkentda ziyolilar oilasida tavallud topgan. 1953 yil O'rta Osiyo davlat Universiteti hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti (O'zMU) fizika fakulьtetini tugatgan. Mehnat faoliyatini Amaliy geofizika institutida ilmiy hodimlikdan boshlab, direktor lavozimigacha (1969-1973 yillar) ko'tarilgan. 1970 yili Gidrometeorologiya hizmati Bosh Boshqarmasi boshlig’ining birinchi o'rinbosari, 1974 yilda esa boshliq etib tayinlangan. 1978 yili Gidrometeorologiya va tabiiy muhit nazorati bo'yicha Davlat qo'mitasining raisi. 1990 yildan RFA Global iqlim va ekologiya institutining direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

YU. A. Izraelь - Halqaro astronavtika akademiyaning, Rossiya ekologiya akademiyaning a'zosi, Vengriya meteorologiya jamiyatining fahriy a'zosi, Halqaro radiologiya ittifog’ining fahriy a'zosi. «Meteorologiya va gidrologiya» ilmiy jurnalining bosh redaktori. 1980 yillarda Orol dengizi va Baykal ko'li bo'yicha komissiya raisi bo'lgan. U tomonidan 250 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 23 ta monografiya chop etilgan. 10 ta monografiyasi boshqa tillarga tarjima qilinib chop etilgan.

1989 yildan boshlab Y.A. Izrael BMTning taklifi bo'yicha yangi tashkil etilgan Iqlimni tekshirish bo'yicha halqaro ekspert guruhida (MGEIK) faol ishlamoqda. Butunjahon meteorologiya tashkilotining vice-prezidentligiga 12 yil saylangan. Hozirgi paytda - MGEIK vice-raisi. MGEIK tashkiloti 2007 yilda «Iqlim o'zgarishlari haqida bilimlarni ommalashtirish va kuchaytirish ishlari, negativ jarayonlar tarqalishini to'htatish maqsadida qabul qilingan chora tadbirlar uchun» Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi.


 


YO'LDASHBA
ЕV TOYMAS SATTIЕVICH

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan Fan arbobi.

T.S.Yo'ldashbaev 1931 yil 31 iyulda Toshkent shahrida tug’ilgan.

1949 yili Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti fizika fakultetiga o'qishga kirib, 1954 yili shu universitetni tamomlagan. 1954 yildan O'rta Osiyo davlat universiteti Modda tuzilishi kafedrasida kichik ilmiy hodim lavozimida ish boshlagan. 1959-1962 yillar O'zbekiston FA Fizika-texnika institutida katta ilmiy hodim lavozimida ishlab, 1962 yil nomzodlik dissertatsiyani, 1972 yilda doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan. 1962-1963 yillarda O'z FA Fizika-texnika institutida kosmik nurlar laboratoriyasida bosh injener, 1971-1980 yillarda kosmik nurlar fizikasi laboratoriyasi mudiri, 1973-1980 yillarda Toshkent davlat universiteti Yadro fizikasi kafedrasida ishlagan. 1980-1983 yillar Toshkent Aloqa institutida ilmiy ishlar bo'yicha prorektor lavozimida ishlagan. 1983 yilda esa professor unvonini olgan. 1983-1995 yil O'zFA Astronomiya institutida direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1987-1990 yil O'z FA Fizika-matematika ilmiy bo'limida ishlagan. 1987-1993 yillarda Toshkent davlat universiteti Astronomiya kafedrasida ishlagan. Shu bilan bir qatorda 1994 yili O'zR FA akademigi (haqiqiy a'zosi) qilib saylandi. 2003 yildan O'zbekiston Milliy Universitetining Yadro fizikasi va 2005-2007 yillarda S.Azimov nomidagi Yadro va nazariy fizika kafedrasi mudiri lavozimida, 2007 yildan buyon O'zR FA Fizika-tehnika institutida laboratoriya mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy ishlari kosmik nurlar fizikasi masalalariga oid.

T.S.Yo'ldashbaev tomonidan 200 dan ortiq ilmiy ishlari bor. U 1 ta fan doktori va 10 fan nomzodi tayyorlangan.

 


 


MO'MINOV TOLIB MUSA
ЕVICH

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi.

T.M. Mo'minov 11 yanvar 1943 yilda tavallud topgan.

1965 yilda Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakultetini bitirgan. 1965-1979 yillarda SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida ilmiy xodim, 1979-1981 yillarda ToshDU laboratoriya mudiri, 1981-1987 yillarda ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori, 1992-1995 yillarda Samarqand davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan. T.M. Mo'minov 1995 yildan ToshDU (O'zMU) qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktrori lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

T.M. Mo'minov 1977 yilda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 2000 yildan O'zFA akademigi.

Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasi masalariga oid, eksperementlar yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar yaratgan.

T.M.Mo'minovning ilmiy ishlari 150 dan ortiq maqola, 2 ta monografiyada o'z aksini topgan va ko'plab halqaro ilmiy anjumanlarda ma'ruza qilingan. U 5 ta fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodi tayyorlagan.

 


 


YO'LDOSH
ЕV BЕHZOD SODIQOVICH

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi.

B.S.Yo'ldoshev 1945 yil 9 mayda Toshkent shahrida tavallud topgan.

B.S.Yo'ldoshev 1963 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetiga kirib, 1968 yilda tugatgan. 1968 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida ish faoliyatini boshlagan. 1971 yilda nomzodlik, 1981 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1988 yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1995 yildan O'zR FA muhbir a'zosi, 2000 yilda O'zR FA haqiqiy a'zosi bo'lgan.

B.S.Yo'ldoshev 1991-2005 yillarda O'zR FA Yadro fizikasi instituti direktori, 2000-2005 yillarda O'zR FA prezidenti lavozimida ishlagan. 2001-2004 O'zR Oliy Majlisi deputatligiga saylangan.

Ilmiy ishlari yuqori energiyalar fizikasi, radioaktiv izotoplarni ishlab chiqish va mahalliy tog’ kon sanoati chi?indilaridan asl va nodir metallarni qo'shimcha ajratib olish texnologiyasiga oid.

B.S.Yo'ldoshev 24 mamlakatga (AQSH, Kanada, Franciya, Germaniya, Shveycariya, Chili, Janubiy Koreya, Hitoy, Avstraliya, Ispaniya va b.h.) turli xalqaro konferenciyalar va simpoziumlarga taklif etilgan va ma'ruzalar  bilan qatnashgan, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasi  muammolari bo'yicha  qator xalqaro konferenciyalarning tashkiliy qo'mitalari va maslahatchilar qo'mitasining a'zosi  bo'lgan.

B.S.Yo'ldoshevning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari bor. U 6 ta fan doktori va 26 ta fan nomzodini tayyorlagan.

 


 


RISQI
ЕV TO'HTAPO'LAT TURSUNOVICH

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

T.T.Risqiev 1944 yil 3 noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.

T.T.Risqiev 1965 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetiga kirib, 1970 yilda tugatgan.1970 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutida ish faoliyatini boshlagan. 1975 yilda nomzodlik, 1993 yilda doktorlik diisertaciyasini himoya qilgan

1978-1992 yillarda O'zR FA Fizika-tehnika instituti direktori o'rinbosari, 1992-1993 yillarda O'zbekiston Respublikasi Davlat Fan va Tehnika qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari.

1993-1994, 1997-2003 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Fan, ta'lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo'yicha davlat maslahatchisi. 2003-2007 yillarda O'zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirolligidagi favqulodda va muhtor elchisi. Hozirgi kunda O'zFA Matrialshunoslik instituti etakchi ilmiy hodimi.

Ilmiy ishlari yuqori koncentrallashtirilgan quyosh energiyasidan foydalanilgan holda hususiyatlari oldindan belgilangan yangi materiallarni yaratish biologiyasiga oid.

T.T.Risqievning 200 dan ortiq ilmiy maqolalari bor. U 1 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodlik ishlariga rahbarlik qilgan.

 


 


G’ULOMOV QODIR   G’AFUROVICH

   

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, 2-darajali “Shon-sharaf” ordeni sohibi.

G’.Q.G’ulomov 1945 yil 17 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan.

G’.Q.G’ulomov 1963 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetiga o'qishga kirib, 1968 yilda tugatgan. 1968 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyaning Yadro fizikasi institutida ish faoliyatini boshlagan. 1971 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1980 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan. 1988 yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1989 yildan O'zR FA sining muhbir a'zosi. 1995 yildan O'zR FA haqiqiy a'zosi. 1989-1999 yillarda “Fizika-Quyosh” IICHBsi bosh direktori, 1991-1999 yillarda O'zbekiston FA bosh ilmiy kotibi, 2000-2005 yillarda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri.

Ilmiy ishlari yuqori energiyali adronlar va engil yadrolarning ta'sirlashuvi masalalariga oid.

G’.Q.G’ulomovning 300 dan ortiq ilmiy maqolalari bor. U 3 ta fan doktori va 10 ta fan nomzodini tayyorlagan.

 


 


MUSAHONOV MIRZAYUSUF MIRZAMAXMUDOVICH

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni bilan mukofotlangan.

M.M.Musaxonov 1943 yil 10 sentyabrda Toshkent shahrida tug’ilgan.

M.M.Musaxonov 1961 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakulьtetiga o'qishga kirgan. 1963-1967 yillari esa Moskva davlat universiteti (MDU)da o'qishni davom ettirgan, 1969-1972 yillari MDU aspiranti, 1972-1973 yillarda O'zR FA Fizika-tehnika instituti va Yadro fizikasi institutlarida ilmiy hodim, 1973-1993 yillar O'zMU fizika fakulteti Nazariy fizika kafedrasi mudiri, 1993-1995 yillarda Toshkent davlat tehnika universiteti qoshidagi Oliy injenerlik pedagogika instituti direktori, 1995-1996 yillari Alberta universiteti (Kanada)ga taklif etilgan, 1996-2005 yillar O'zMU Nazariy fizika kafedrasi mudiri va bir vaqtda 1997-1998 yillari Genuya (Italiya) va Osako (Yaponiya), 2004-2005 yillar Pussan (Janubiy Koreya) universitetlariga taklif etilgan professor lavozimlarida ishlagan. Hozirda S.Azimov nomidagi Yadro va nazariy fizika kafedrasi professori.

Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasi, asosan kvant yadrodinamikasiga oid.

M.M.Musaxonovning 150 dan ortiq ilmiy ishlari bor. U 1 ta fan doktori va 7 ta fan nomzodi tayyorlangan.

 


 

ARIPOV TOHIR FATIHOVICH

 

O'zbekiston Respublikasi Fanlar

 akademiyasining akademigi

 

T.F.Aripov “Mehnat   Shuhrati” ordeni  sohibi, Fan  va  talim, sanoat va sanьat  bo'yicha xalqaro  Akademiyaning  (Kaliforniya, AQSH)   haqiqiy aьzosi.

T.F.Aripov 1945  yil  7  sentyabrda     Toshkent    shahrida  tug’ilgan.

T.F.Aripov 1070 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetini bitirgan.

1970-1973 yillarda O'zFA YAFI tadqiqotchi, 1973-1975 yillarda O'zFA Biofizika institutida ilmiy malaka oshirishda, 1976-1982 O'zFA Biorganik kimyo bo'lmida guruh rahbari, 1982-1986yildan hozirgacha O'zFA Biorganik kimyo instituti laborotoriya mudiri. 1986 yilda doktorlik disertaciyasini himoya qilgan. 1992-1994 yillarda Oliy Attestaciya komissiyasi raisining muovini, bosh ilmiy kotib, 1994-1995 yillar O'zbekiton Respublikasi  Prezidenti  Apparatining bosh konsulьtanti, 1995-1997 yillarda Oliy Attestatsiya komissiyasi raisi,  1997 yildan O'zbekiston Fanlar akademiyasining vitse prezidenti, 2004 yildan esa O'zFA Mikrobiologiya instituti direktori. 1997 yilda T.F.Aripov  O'zbekiston  Respublikasi Prezidentining Davlat  Maslahatchisi. 

 T.F.Aripov   O'zR  Vazirlar  Mahkamasi   qoshida  ish  yuritayotgan Fan  va  Tehnologiyalar   bo'yicha   Muvofiqlashtiruvchi  Kengashning  biologiya   sohasidagi  Ekspert  kengashi   raisi  etib  saylandi  va   hozirgacha  ustuvor  yo'nalishdagi  eng  istiqbolli  fundamental    va    amaliy  loyihalarning    mablag'   bilan   taьminlash   ishiga   hissa   qo'shib  kelmoqda.

Ilmiy ishlari fizik-kimyoviy usullar yordamida oqsil-lipid ta'sirlashuvining molekulyar mehanizmini va turli biologik faol moddalarning model hamda biologik membranalarga ta'sirini o'rganishga yaratishga oid.

 


 

 

MO'MINOV RAMZILLA ABDULLAЕVICH

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati.

R.A. Mo'minov 24 oktyabr 1941 yilda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug’ilgan.

R.A. Mo'minov 1963 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakultetini bitirgan.

R.A. Mo'minov 1970-1971 yillarda O'zFA fizika-texnika institutida ilmiy xodim, 1984-1988 yillarda institutning mahsus konstruktorlik byurosi direktori, 1971-1976 yillarda O'zFA Fizika-tehnika instituti direktor o'rinbosari, 1991-1992 yillarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo'lim boshlig’i, 1996-2002 yillarda O'zbekiston Respublikasi fan va tehnika davlat komitetining Davlat ilmiy tehnika ahborot bo'limi direktori lavozimlarida ishlagan. 2002 yildan O'zFA Fizika-texnika institutida etakchi ilmiy hodim vazifasida ishlab kelmoqda.

R.A. Mo'minov 1979 yilda doktorlik dissertaciyasini himoya qilgan.

Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasi, yarim o'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi va shular asosida asbob uskunalar yaratishga oid.

U 6 ta fan doktori va 23 ta fan nomzodi tayyorlagan.


 

 

MAMADALIMOV ABDUGAFUR TЕSHABOЕVICH

  

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati, Xalqaro Biografik Markazning fahriy a'zosi (Angliya).

A.T.Mamadolimov 1947 yili 1 fevralda Andijon shahrida tug’ilgan.

A.T.Mamadolimov Toshkent davlat

universiteti (hozirgi O'zMU) ni 1969 yili bitirgan, 1970-1975 yillarda Rossiya FA Fizika-tehnika institutida stajer-tadqiqotchi, aspirant va katta muhandis bo'lib faoliyat ko'rsatgan, 1975-1994 yillarda O'zR FA Fizika-tehnika institutida kichik ilmiy hodim, O'z FA Issiqlik fizikasi bo'limida laboratoriya mudiri va ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari, O'z FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida laboratoriya mudiri va ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari bo'lib ishlagan. O'z FA Issiqlik fizikasi bo'limida laboratoriya mudiri, 1994-1998 yillarda O'zR Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining Oliy o'quv yurtlarida Bosh boshqarmasi boshlig’ining o'rinbosari, O'zMU ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori, 1998 yildan hozirgacha O'zMU professori lavozimida ishlamoqda.

Ilmiy ishlari chuqur sathli yarimo'tkazgichlar va elektr o'tkazuvchan polimerlar fizikasiga oid.

A.T.Mamadolimov 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, monografiyalar, o'quv qo'llanmalar hamda ihtirolar muallifi. U 4 ta fan doktori va 12 fan nomzodlarini tayyorlagan.


 

 

RASULЕV O'TKUR XASANOVICH

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akdemiyasining akademigi

 

Fan va tehnika sohasida Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.

O'.X.Rasulev 11 iyul 1939 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan.

O'.X.Rasulev 1956-1961 yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O'zMU) fizika fakultetida tahsil olgan. 1961 yilda Fizikaviy elektronika mutahassisligi bo'yicha ushbu fakultetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. A.F.Ioffe nomidagi Fizika-texnika institutida (Sankt-Peterburg) aspiranturada o'qishni davom ettirgan.

1979 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

O'.H.Rasulev 1981-1985 yillarda O'zFA Elektronika institutida laboratoriya mudiri, 1985-2007 yillarda O'zFA Elektronika instituti direktori, 1993-1996 yillarda ToshDU Fizikaviy elektronika kafedrasi mudiri, 1997-1998 yillarda O'zFA Prezidiumi fizika-matematika fanlari bo'limi raisi, 2006-2007 yillarda O'zFA vitse prezidenti lavozimida ishlagan. 2007 yildan hozirgi kungacha O'zFA Elektronika instituti adsobrcion-emission hodisalar laboratoriyasi mudiri. 1996 yildan O'zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Prezidiumining a'zosi va MAGATE xalqaro dastur loyihasining rahbari.

Ilmiy ishlari murakkab tarkibli molekulalarning qattiq jism sirtida ionlanishi masalalariga oid.

O'.X.Rasulev 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 ta ihtirolar uchun mualliflik guvohnomalari hamda 4 ta monografiya muallifidir. U 2 ta fan doktori va 11 ta fan nomzodi tayyorlagan.

 


 

 

MUQIMOV KOMIL MUQIMOVICH

 

O'zbekiston Respublikasi

Fanlar akademiyasining akademigi

 

Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligining fidoyisi nishoni, O'zbekiston Respublikasi Fahriy yorlig’i, Franciyaning Sanoatni qo'llab-quvvatlash halqaro associaciyasi Oltin medali bilan mukofotlangan.

K.M.Muqimov 1940 yilda Buhoro viloyati G’ijduvon tumanida tu?ilgan.

K.M.Muqimov 1957-1961 yillarda O'rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika-matematika fakulьtetida tahsil olgan. 1961-1964 yillarda Moskva davlat universiteti fizika fakultetining talabasi, 1964-1967 yilda Moskva davlat universiteti aspiranti, 1967-1975 yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zMU) fizika fakulteti assistenti, katta o'qituvchisi va dotsenti, 1975-1992 yillarda Optika kafedrasi mudiri, 1990-1992 yillarda fizika fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. 1992 yil aprelidan 2004 yilning dekabr oyiga qadar Buhoro davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat ko'rsatdi. Hozirda O'zMU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish institutida laboratoriya mudiri lavozimida samarali mehnat qilmoqda.

Ilmiy ishlari magnitooptika, yadro va ferromagnitik dielektriklarda magnitooptik hodisalarga oid.

K.M.Muqimov 200 dan ortiq ilmiy maqola va monografiyalar muallifi. U 2 ta fan doktori va 15 ta fan nomzodi tayyorlagan.